Telefon

+998 (75) 55-21-733

Email

guzorseom@gmail.com

Manzil

G'uzor tumani O’zbekiston kuchasi 26-uy

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, amaldagi “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini ta’minlashdagi zamonaviy talablarga, JSTning sanitariya-fitosanitariya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvi tamoyillariga hamda Alimentarius Kodeksi standartlariga javob bermaydi. Qolaversa, oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini ta’minlashda qo‘llaniladigan xalqaro prinsiplar, standartlar va amaliyotlar aks ettirilmagan, vakolatli davlat organlarining vazifalari aniq belgilanmagan.

6 ta bob, 47 ta moddadan iborat ushbu qonun loyihasida davlat organlarining oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi sohasidagi vakolatlari aniq ko‘rsatilmoqda, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari belgilanmoqda.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi sanitariya choralari, qoida va normalarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi JST bitimi talablari bilan uyg‘unlashtirilmoqda. Oziq-ovqat mahsuloti va ozuqaning xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar, oziq-ovqat biznesi operatorlarining huquqlari va majburiyatlari nazarda tutilyapti.

Bundan tashqari, oziq-ovqat mahsulotining xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi asosida doimiy tartiblarni ishlab chiqish, joriy qilish va qo‘llashga qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topmoqda.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *