Telefon

+998 (75) 55-21-733

Email

guzorseom@gmail.com

Manzil

G'uzor tumani O’zbekiston kuchasi 26-uy

Biz haqimizda

Home / About Us

Biz haqimizda

Sanitariya epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi G'uzor tuman bo`limi.

Tashkilotda Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi-emlash ishlarida qatnashib nazoranini olib boradi,kasallikni oldini olish jarayonida qatnashadi,immunoprofilaktik ishlar olib boradi. Bakteriologiya laboratoriyasi bo‘limi, Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi -kasallikni oldini olish maqsadida axoli va tashkilot xodimlaridan analiz namunalar olib tekshiradi.                Dezinfektsiya tadbirlari bo‘limi-Kasallik uchoqlariga borib dezinfeksiya-dezinseksiya va deratizasiya ishlarini amalga oshiradi.                                            Sanitariya- gigiyena bo‘limi vazifalariga-berilgan topshiriqqa asosan tumandagi aholi va barcha tashkilotlarga sanitariya gegiena qoidalariga rioya qilishlikni va amaldagi buyruqlar asosida tekshirish ishlariga qatnashishadi.                          Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi- aholi va tashkilotlardan  kelgan namuna analizini tekshirib, foydalanishga yaroqligini bildirishadi.                                      Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi-kelgan murojaatlani o`rganib, bartaraf etish choralarni ko`radi.

0 nafar

Xodimlar

0 ta

Bo'lim

0 ta

Laboratoriya

0 Ming

Axoli

VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining vazifalari va funksiyalari

yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazish

sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarni sanitariya-gigiyenik o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;

oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;

qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy ovqatlanish obyektlarida ratsional va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etilishi ustidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarning bajarilishini nazorat qiladi;

yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanish, shovqin, tebranish va inson salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa fizikaviy omillar bilan ishlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

Sanitariya-epidemiologiya xizmati o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash;

yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish;

inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir bo‘lishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar obyektlarda tekshirishlar o‘tkazish;

favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish;

bizning

Xodimlarimiz

Xujanov Shavkatjon Tojiyevich

Guzor seovajs bo'lim boshlig'i

G‘aniyev Rustam Jabborovich

Bo'im mudiri

Nazarov Suyun Olimovich

Bo'im mudiri

Ism Familiya

Bo'im mudiri