Telefon

+998 (75) 55-21-733

Email

guzorseom@gmail.com

Manzil

G'uzor tumani O’zbekiston kuchasi 26-uy

Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi

Home / Service Detail

Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi- aholi va tashkilotlardan  kelgan namuna analizini tekshirib, foydalanishga yaroqligini bildirishadi.

Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarini Sanitariya-gigiena laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4790-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
  2. Nizom Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarini (Keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadigan Sanitariya-gigiena laboratoriyasining (Keyingi o‘rinlarda – Laboratoriya) faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va ish yuritish tartiblarini tartibga soladi va belgilaydi.
  3. Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining qarorlari, buyruq va ko‘rsatmalariga shuningdek mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
  4. Laboratoriya mudiri Bo‘lim boshlig‘i hamda sanitariya bo‘limi mudiriga bo‘ysunadi.
  5. Laboratoriya faoliyatining umumiy nazorati laboratoriya mudiri tomonidan olib boriladi.
  6. Laboratoriya faoliyatini Bo‘limning operativ tarkibiy bo‘linmalari, Xizmatning markaziy apparati, Boshqarma, Sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, oliy o‘quv yurtlari, “Uzstandart” agentligi hamda sohaga tegishli idoraviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.
  7. Laboratoriya xodimlari shtat birliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shatat me’yorlari asosida tasdiqlanadi.
  8. Laboratoriyaga oliy tibbiy ma’lumotiga ega “Tibbiyprofilaktika ishi” (5510300), o‘rta tibbiy ma’lumotga ega “Laboratoriya 9 ishi” (03.03.03), shuningdek tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan “Kimyo” (5140500) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar ishga qabul qilinadi.
  9. Laboratoriya xodimlari o‘z ish faoliyatini lavozim yo‘riqnomalari asosida olib boradilar.

2-bob. Laboratoriyaning vazifalari

  1. Laboratoriyani aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: oziq-ovqat mahsulotlari, halq iste’mol mollari, qurilish mollari, atrof-muhit omillari va boshqalarda sanitariya-gigienik (kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy) tahlillar (sinovlar) olib borish va tahlil usullarini takomillashtirib borish; laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlab borish; laboratoriyada qo‘llaniladigan me’yoriy-texnik hujjatlarni takomillashtirib borish.

3-bob. Laboratoriya ish mazmun-mohiyati

  1. Tahlillar (sinovlar), o‘lchov usullarini xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha me’yoriy loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqish.
  2. Laboratoriya faoliyati va moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilib borish.
  3. Laboratoriya faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tahlil qilib borish, ish faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
  4. Laboratoriya faoliyatidagi tahlillar (sinovlar), o‘lchovlarning zamonaviy usullarini tadbiq etishda “Uzstandart” agentligining hududiy bo‘limi hamda Boshqarmaning sanitariya-gigiena laboratoriyasi hamda metrologiya va standartlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda faoliyat yuritish.
  5. Laboratoriyani attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish.
  6. Sanitariya-gigiena laboratoriyasida tahlillar (sinovlar), o‘lchovlar o‘tkazilishida tashqi va ichki nazoratni olib borish.
  7. Sanitariya-gigiena laboratoriya faoliyatidagi zamonaviy tahlillar (sinovlar), o‘lchovlarni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish.
  8. O‘z vaqtida sanitariya-gigiena bo‘limi va bo‘linmalarini sifatli, ishonchli tahlil (sinovlar), o‘lchov natijalari ma’lumotlari bilan ta’minlash.
  9. Oziq-ovqat mahsulotlari, halq iste’mol mollari, qurilish polimer va moddiylari, atir-upa mahsulotlari, atrof-muhit omillari va boshqalarda qo‘llanmalar, usullar, tahlillarni takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
  10. Laboratoriya mutaxassislarini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda boshqarmaning 10 sanitariya-gigiena laboratoriyasi bazasida ish joyida stajirovka o‘tashi hamda tibbiyot institutlari bazasida tayyorlash, qayta tayyorlash, mutaxassislikka o‘qishlarini tashkillashtirish.
  11. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari asosida sanitariyagigiena laboratoriyasida o‘tkaziladigan tahlillar (sinovlar), o‘lchovlar pullik xizmatni tashkil etish va bajarish.

4-bob. Laboratoriyaning huquqlari

  1. Barcha xodimlar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan huquqlarga ega.
  2. Laboratoriya xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mehnatni muhofaza qilish qoidalaridan foydalanish.
  3. Sanitariya-gigiena laboratoriyalarini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
  4. Laboratoriyaga yuklatilgan vazifalar va topshiriqlarni bajarish uchun quyi bo‘limning sanitariya-gigiena laboratoriyasi hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalardan ma’lumotlarni so‘rash va olish.

5-bob. Laboratoriyaning majburiyatlari

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning aholini sanitariyaepidemiologik osoyishtaligi bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlar belgilash.
  2. Aholini o‘z vaqtida mavjud xavf to‘g‘risida xabardor qilish.
  3. Bo‘lim talablari va ichki mehnat intizomiga rioya qilish.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Laboratoriya bo‘lim tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi, uni tugatish yoki qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi

Biz bilan bog'lanish uchun

G’uzor tumani, O’zbekiston ko’chasi 26-uy

Telefon

+998 (75) 55-21-733

Success

Thank you! Form submitted successfully.

This field is required
This field is required
This field is required
This field is required
  • Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi
  • Dezinfektsiya tadbirlari bo‘limi
  • Sanitariya- gigiyena bo‘limi
  • Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi
  • Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
  • Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi
  • Bakteriologiya laboratoriyasi bo‘limi
  • Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi
  • Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi
This field is required

Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.