Telefon

+998 (75) 55-21-733

Email

guzorseom@gmail.com

Manzil

G'uzor tumani O’zbekiston kuchasi 26-uy

Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi

Home / Service Detail

Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi -kasallikni oldini olish maqsadida axoli va tashkilot xodimlaridan analiz namunalar olib tekshiradi.

Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining  parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi to‘g‘risida namunaviy

 NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida” 2015 yil 26 avgustdagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6035 sonli Farmoni hamda 2020 yil
    27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ — 4790 sonli qarori muvofiq ishlab chiqilgan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman  bo‘limining parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va ular faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
  2. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarining (keyingi o‘rinlarda – Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman bo‘limlari) tarkibiy qismi hisoblanib, parazitar kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘yicha sanitariya — epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi.
  3. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘zda tutilgan huquqlardan foydalanadi va mazkur Nizomga amal qiladi .
  4. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi o‘z faoliyatlarini Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman bo‘limi boshlig‘i, boshliqning birinchi o‘rinbosari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmasining parazitar kasalliklar bo‘limi va laboratoriyasiga bo‘ysunuvi asosida olib boradi.
  5. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi o‘z faoliyati davomida Sanitariya-epidemiologiya xizmati tuman bo‘limlarining boshqa bo‘limlari, shuningdek dezinfeksiya bo‘limi, hududiy boshqarmalarning parazitologiya bo‘linmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining yuqumli va parazitar kasalliklari bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Sog‘liqni saqlash vazirligining quyi tizimdagi boshqa tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va o‘rta tibbiyot bilim yurtlari bilan parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha chora — tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.
  6. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasiningmudiri Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan ishga tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
  7. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi mudiri o‘z ish faoliyati davomida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman bo‘limi boshlig‘i va uning birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi ish faoliyatini Xizmatning boshqa bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlashtirib boshqaradi.
  8. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriya vrachlari o‘rnatilgan tartibda maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari shart.
  9. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasining shtat meyorlari qonunchilik talablari asosida tasdiqlanadi.

2-bob. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasiningasosiy vazifalari

  1. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 parazitar kasallik o‘choqlarida sanitariya-gigiyenik, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni  tashkillashtirish va o‘tkazish;

davolash-profilaktik muassasalari tibbiyot xodimlariga  parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;  

parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining hududiy boshqarmasi parazitologiya bo‘linmalari, ilmiy-tekshiruv institutlari va oliy va o‘rta tibbiyot o‘quv maskanlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy va o‘quv seminarlarini tashkillashtirish va o‘tkazish;

parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish;

parazitar kasallik ko‘rsatkichlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

3-bob.  Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasining  funksiyalari

  1. Bo‘linma quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 ichak parazitozlari va transmissiv parazitar kasalliklarni chetdan kirib kelishi va tarqalishini, shuningdek respublikada uchraydigan tabiiy o‘choqli parazitar kasalliklarni qayd etilishini oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar ustidan nazorat olib boradi va tashkiliy — uslubiy rahbarlik qiladi hamda yuqorida ta’kidlangan kasalliklar ro‘yxatga olinganda, epidemilogik o‘choqlarni qamrab olish va bartaraf etish bo‘yicha chora – tadbirlarda ishtirok etadi;

 dezinfeksiya bo‘limi bilan hamkorlikda parazitar kasalliklar manbai va tarqatuvchilari ustidan nazorat va entomologik ko‘rsatmaga asosan ularga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi.

parazitar kasalliklar profilaktikasi va o‘choqlarda tabiiy o‘choqli kasalliklarning tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari ustidan  tashkiliy-uslubiy nazorat o‘rnatib, kasallik holatlari aniqlanganda kasallik o‘choqlarini bartaraf qilinishida ishtirok etadi;

parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda majmuaviy rejalar, dasturlar, buyruqlar ishlab chiqishda hamda EQKFK, SSB hay’at va sanepidkengash yig‘ilishlari materiallarini tayyorlashda  ishtirok  etadi;

parazitar kasalliklar profilaktikasi va tashxisoti bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman  bo‘limlariga tashkiliy -uslubiy, shuningdek davolash-profilaktika muassasalari va idoraviy xizmatlarga profilaktik hamda epidemiyaga qarshi tayyorgarlik ishlarida uslubiy yordam ko‘rsatadi;

parazitar kasalliklar, jumladan, tabiiy o‘choqli yuqumli  parazitar kasalliklar ustidan epidemiologik va epizootologik nazoratni tashkillash-tiradi;  

parazitar kasallik tarqatuvchilarining o‘ziga xos mahalliy ekologiyasi, ularning turlari, mavsumiy ko‘payish dinamikasi va hududiy tarqalishini o‘rganadi; 

amaldagi uslubiy-metodik hujjatlar asosida parazitar kasalliklar laboratoriya tashhisoti o‘tkazilishini tashkillashtiradi;

parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan chora – tadbirlarni tuman  bo‘yicha taxlil qiladi;

parazitar kasalliklar bo‘yicha hisobot yuritilishida ishtirok etadi va kasallik holatlari va amalga oshirlgan chora-tadbirlar  bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga xabarnoma tayyorlaydi;

SSVning buyrug‘i bilan tasdiqlangan maxsus dastur asosida Sanitariya-epidemiologiya xizmatining bo‘limlar, DPM, tegishli idora va tashkilotlar tibbiyot xodimlarini parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda ishtirok etadi;

parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi orasida targ‘ibot ishlarini tashkillashtirib o‘tkazishda ishtirok etadi;

pullik xizmat va budjet hisobidan parazitar kasalliklar laboratoriya tashhisoti va nazorat tekshiruvi hamda sanitariya –gelmintologik  tekshiruvlarni  amalga  oshiradi;

parazitologik tekshiruvlar sifatining ichki va tashqi nazoratini amalga oshiradi;

 parazitiologiya laboratoriyasi faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ib, saqlaydi va tahlil qiladi;

 Parazitologiya bo‘linmalari qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

4-bob. Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasininghuquqlari

  1. Bo‘linma quyidagi huquqlarga ega:

o‘z faoliyat yo‘nalishlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida” Qonuni va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi;

ish faoliyatini yaxshilash yuzasidan takliflar berish;

Sanitariya-epidemiologiyaxizmatining tuman  bo‘limlarining boshqa bo‘linmalaridan ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;

parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi bilimdonligini oshirish uchun targ‘ibot materiallarini (maqola, televideniya va radioga matn, eslatma varaqasi, buklet, plakat va h.k.) tayyorlashda ishtirok etish;

Parazitar kasalliklar bo‘linmasi va laboratoriyasi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.

5-bob. Parazitar kasalliklar  bo‘lim va laboratoriyasining majburiyatlari

  1. Bo‘linmaning majburiyatlari:

aholi o‘rtasida parazitar kasalliklarni kelib chiqishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha davlat hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar ustidan  o‘rnatilgan tartibda nazorat olib borish;

parazitar kasalliklar profilaktikasi masalasida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bilan ta’minlash va ijrosini nazorat qilish.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

14.Parazitar kasalliklar bo‘lim va laboratoriyasi Sanitariya-epidemiologiya xizmatini tuman  bo‘limi tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi, uni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Biz bilan bog'lanish uchun

G’uzor tumani, O’zbekiston ko’chasi 26-uy

Telefon

+998 (75) 55-21-733

Success

Thank you! Form submitted successfully.

This field is required
This field is required
This field is required
This field is required
  • Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi
  • Dezinfektsiya tadbirlari bo‘limi
  • Sanitariya- gigiyena bo‘limi
  • Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi
  • Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
  • Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi
  • Bakteriologiya laboratoriyasi bo‘limi
  • Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi
  • Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi
This field is required

Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.