Telefon

+998 (75) 55-21-733

Email

guzorseom@gmail.com

Manzil

G'uzor tumani O’zbekiston kuchasi 26-uy

Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi

Home / Service Detail

Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi-emlash ishlarida qatnashib nazoranini olib boradi,kasallikni oldini olish jarayonida qatnashadi,immunoprofilaktik ishlar olib boradi.

Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qashqadaryo viloyat G’uzor tuman bo‘limi Epidemiologiya va immunologiya bo‘limining

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1.1. Epidemiologiya bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim)  O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sanepidbo‘limining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va ushbu nizom uning maqomini, vazifalarini, funksiyalari, majburiyatlari, vakolatlari, hisobot berish tartibi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi;

   1.2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya — epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning xududiy boshqarmalarining buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi;

  1.3. Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi;

1.4. Bo‘lim o‘z xududidagi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasalarning yuqumli  kasalliklar profilaktikasi sohasida faoliyat yuritayotgan tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirib boradi va ular ustidan uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.

2-bob.  Asosiy vazifalar

             Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

2.1. Manfaatdor tashkilot va muassasalar bilan birga hududida yuqumli kasalliklar bo‘yicha sanitariya-epidemiologiya osoyishtalikni ta’minlash va ularning tarqalishining oldini olish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini tashkil etish;

2.2. xududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuqumli kasalliklarni profilaktikasi borasidagi amaldagi me’yoriy va direktiv xujjatlar, shu bilan birga sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga (SanQvaN) rioya qilinishini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazish, aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha javobgarlik choralarini o‘rnatilgan tartib asosida olib borish.

2.3. faoliyat ko‘rsatayotgan xududda yuqumli kasalliklar va ularning tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni, potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash xamda samarali profilaktik chora-tadbirlarni tashkillashtirish;

 2.3. yuqumli kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigienik tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

2.4. yuqumli kasalliklar bo‘yicha oparetiv va retrospektiv epidemiologik taxlillar o‘tkazish, o‘tkazilgan epidemiologik taxlillar natijasida yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olish yuzasidan samarali tadbirlar ishlab chiqish, tadbirlarni muvofiqlashtirish va nazrat o‘rnatish;

Bo‘lim yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

3-bob. Bo‘limning funksiyalari

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

3.1. yuqumli kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqishda asoslangan takliflar berish:

3.2. yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalariga takliflarni tayyorlash:

3.3. xududida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish borasidagi kompleks chora — tadbirlarni amalga oshirish;

3.4. manfaatdor xizmatlar bilan birga yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi manbalarni yo‘q qilishga, antroponoz va zooantroponoz infeksiyali va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;

3.5. belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, sanitariya — epidemiologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan belgilangan tartibda davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini laboratoriya  usullarini qo‘llagan holda amalga oshirish;

3.7. qonun hujjatlariga ko‘ra aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish;

3.8. nazoratdagi ob’ektlar ishchi-xodimlarini yuqumli va parazitar kasalliklarga majburiy, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi va davriyligini hamda tibbiy tashkilotlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishining to‘liqligini, haqqoniyligini nazorat qilish;

3.9. nazorat ob’ektlarida yuqumli kasalliklarini kelib chiqishi holatlari ustidan nazorat olib borish;

3.10. yuqumli, parazitar kasalliklar manbai bo‘lgan, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tmagan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish to‘g‘risida ish beruvchilarga taklif kiritish;

3.11. tumanda  yuqumli kasalliklarning olib kirilishi, olib o‘tilishi va tarqalishidan sanitariya-epidemiologik jihatidan himoya qilish bo‘yicha sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;

3.12. aholiga yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar o‘tkazishni tashkil etish, o‘tkazilgan emlashlar sifati va samaradorligini tahlil qilish;

 3.13. yuqumli kasalliklar o‘choqlarida epidemiologik surishtiruv ishlarini amalga oshirish, epidemik o‘choqlarda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;

3.14. yuqumli kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularni kamaytirishga, ular yuqish yo‘llari va omillariga ta’sir ko‘rsatishga va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish;

3.15. yuqumli kasalliklar tarqalishi ustidan operativ va retrospektiv epidemiologik nazoratni amalga oshirish;

3.16. xududida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga ta’sir qiluvchi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlash;

3.17. jamoa, turli davlat va nodavlat tashkilotlar ishchi xizmatchilari, xodimlari va boshqalar o‘rtasida axolini sanitariya xamda epidemiologik savodxonligini oshirish maqsadida yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha sanitar targ‘ibot ishlarini o‘tkazadi.

Bo‘lim yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa funksiyalar ham amalga oshirishi mumkin.

  4-bob. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi          

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

4.1. xududda yuqumli kasalliklar profilaktikasi va epidemiyasiga qarshi masalalar bo‘yicha mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

4.2. davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish;

4.3. davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi sohasida aniqlangan kamchiliklar, huquqbuzarliklar, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlar, ularni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

4.4. yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida mansabdor shaxslarga ogohlantirish, ko‘rsatma va tavsiya xatlarini tayyorlash;

4.5.  inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir bo‘lishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ob’ektlarda tekshirishlar o‘tkazish;

4.6. favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar xavfi yuzaga kelganda va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish;

4.7.davlat organlari va mansabdor shaxslardan bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan statistik ma’lumotlarni so‘rash va bepul olish

4.8. o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun rahbariyat bilan kelishilgan holda hokimliklar va idoralar, shuningdek, boshqa tashkilotlar vakillarini chaqirish va jalb etish;

4.9. yuqumli kasalliklar profilaktikasi soxasida konferensiyalar, seminarlarni tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

4.10. yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarini tuzish;

4.11. yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

4.12. yuqumli kasalliklar profilaktikasi masalalarini ko‘rib chiqishda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasi yig‘ilishlari, tuman tibbiyot birlashmasining hay’ati yig‘ilishlariga ma’lumotnoma tayyorlash va yig‘ilishda ishtirok etish;

Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Bo‘lim:

4.13. yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohasida unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi;

4.14. yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha ishlarining tashkil etilishi;

4.15. yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xududiy dasturlar, ish rejalari, tadbirlar, yo‘l xaritalari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

5-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

5.1. Bo‘limga sanepidbo‘limning boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bo‘lim mudiri boshchilik qiladi.

5.2. Bo‘lim mudirligiga yuqori malakali mutaxassis – vrach epidemiolog tavsiya qilinadi.

6-bob. Bo‘limning hisobdorligi

6.1. Bo‘lim mudiri tizimli ravishda bo‘lim faoliyati bo‘yicha bevosita sanepidbo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi. Shuningdek, o‘rnatilgan tartib asosida,  sanepidbo‘lim bo‘limlariga va yuqori turuvchi tashkilotlarga bo‘lim faoliyati hamda yuqumli kasalliklar ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etadi.

6.2. Bo‘lim mudiri bo‘limdagi barcha xodimlarga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, ularning faoliyat samaradorligiga xolisona baho beradi.

6.3. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka tortish uchun takliflar beradi.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

7.1. Bo‘limni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7.2. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Biz bilan bog'lanish uchun

G’uzor tumani, O’zbekiston ko’chasi 26-uy

Telefon

+998 (75) 55-21-733

Success

Thank you! Form submitted successfully.

This field is required
This field is required
This field is required
This field is required
  • Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi
  • Dezinfektsiya tadbirlari bo‘limi
  • Sanitariya- gigiyena bo‘limi
  • Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi
  • Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi
  • Nazoratlarni muvofiqlashtirish va ma’muriy amaliyot bo‘limi
  • Bakteriologiya laboratoriyasi bo‘limi
  • Parazitologiya bo‘lim va laboratoriyasi
  • Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi
This field is required

Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.