Sanitariya-Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi Qashqadaryo viloyat G’uzor tuman bo`limida o’z kasbing haqiqiy mutaxasisi bo’lgan kadrlar faoliyat olib boradi.
karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash;
yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish;
yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazish
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarni sanitariya-gigiyenik o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;
qonun hujjatlariga ko‘ra xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan sartaroshxona va kosmetologiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan nurlanish, shovqin, tebranish va inson salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa fizikaviy omillar bilan ishlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Sanitariya epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi Guzor tuman bo`limi rasmiy veb sayti.
+998 (75) 55-21-733
guzorseom@gmail.com
Guzor tumani O’zbekiston kuchasi 26-uy